Jahon | 07:28 / 02.06.2015
6452
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada 18 yoshli qiz avtomobili bilan tank ostiga kirib ketdi

Germaniyada tank ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi, deb The Local nashri xabar bermoqda.

Tank Buyuk Britaniya qurolli kuchlariga tegishli bo‘lib, unda Germaniya hududidagi bazalardan biri yaqinida mashg‘ulot o‘tkazilayotgan bo‘lgan.

Tank yo‘lda g‘ildiraklari ostiga tushib qolgan, 18 yoshli qiz boshqarayotgan Toyota avtomobilini majaqlab tashladi. Tankdagi askarlar qizni avtomobildan chiqarib olishgan. Baxtli tasodif tufayli qiz jiddiy jarohatlar olmagan.

Politsiya yo‘l harakati qoidalarini buzganligi sababli qizni YTH aybdori sifatida xulosa qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish