Texnologiya | 07:40 / 02.06.2015
1849
1 daqiqa o‘qiladi

Nintendo`ning yangi konsoli Android`da ishlay oladi

Nintendo kompaniyasining NX deb nom oladigan yangi konsoli Android operatsion tizimida ishlay olishi ma'lum qilinmoqda.

Kompaniya ochiq platformadan foydalanmoqchi, chunki bu platforma uchun turli dasturlar yaratilgan. Keyingi konsol Wii U ning to‘g‘ridan-to‘g‘ri izdoshi bo‘lmaydi. Ma'lumotlarga ko‘ra, NX konsoli Wii U va 3DS o‘rtasida joylashuvchi, ham statsionar, ham portativ konsol ko‘rinishidagi gibrid qurilma bo‘lishi mumkin.

Avvalroq Nintendo kompaniyasi Android operatsion tizimida ishlaydigan o‘yinlar bozoriga chiqishini ma'lum qilgandi. Avvallari kompaniya taklif qiladigan o‘yinlar kompaniyaning shaxsiy operatsion tizimida ishlovchi qurilmalar uchungina yaratilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish