Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 17:43 / 02.06.2015
3774
1 daqiqa o‘qiladi
Putin ShXT tashqi ishlar vazirlari kengashi ishtirokchilarini qabul qiladi
3 iyun kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashining ishtirokchilarini qabul qiladi. Bu haqda Kreml rasmiylariga tayangan holda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
“Uchrashuvda ShXT faoliyatining Rossiyaning 2014-2015 yillardagi raisligi doirasidagi eng muhim tomonlari, shuningdek, tashkilotga a'zo davlatlar rahbarlarining 9-10 iyul kunlari Ufada bo‘lib o‘tadigan yig‘iliga tayyorgarlik qay darajada ketayotgani muhokama qilinadi”, – deyiladi xabarnomada.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish