Sport | 09:24 / 02.06.2015
1916
1 daqiqa o‘qiladi

Roberto Karlos Qatarning “Al-Arabiy” jamoasiga boshchilik qiladi

Braziliyalik mashhur futbolchi, “Anji” jamoasining sobiq o‘yinchisi va murabbiyi Roberto Karlos Qatarning “Al-Arabiy” klubiga taklif qilindi. U jamoa bilan uch yillik shartnoma imzolaydi.

“Al-Arabiy”ga katta umidlar bilan bormoqdaman. Jamoa oldiga jiddiy maqsadlar qo‘yilgan. Yaxshi jamoa yaratish uchun o‘yinchi va murabbiy sifatida to‘plagan tajribamdan foydalanaman”, – dedi bu borada Karlos.

Ilgari Roberto Karlos Turkiyaning “Sivasspor” va “Aqhisar Belediyespor” jamoalariga murabbiylik qilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish