Jamiyat | 23:48 / 02.06.2015
2651
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Tergov qo‘mitasi Tulada 5 kishining qotilligidan keyin mas'uliyatsizlik bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi

Rossiya Tergov qo‘mitasi Tulada 5 kishining qotilligini tergov qilish paytida maktab-internat va politsiya xodimlari o‘z vazifalariga mas'uliyatsizlik bilan qaraganlari yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi, bu haqda Tergov qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

30 mayda Tuladagi Kosaya Gora qishlog‘idagi Orlov shossesi bo‘yicha joylashgan uyda ertalabki payt ikkita ayol va uchta bolaning pichoqlangan jasadlari topilgan. Prokuratura ma'lumotlariga ko‘ra, 10 va 11 yoshdagi qizlar, ularning 5 yoshli ukasi hamda bolalarning 29 yoshli onasi va 49 yoshli buvisi halok bo‘lgan. Ushbu bosqinchilikda omon qolgan oilaning 7 yoshli vakili va ayollardan birining 37 yoshli mash'uqi shifoxonaga yotqazilgan. Qotillikni amalga oshirishda gumon qilinib 29 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingan. “Ikki va undan ortiq kishi, shu jumladan bolalar qotilligi” moddasi bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan.

Tergov xulosasiga ko‘ra, politsiya xodimlari halok bo‘lgan qizlardan biri qo‘ng‘iroq qilgandan keyin sekin harakat qilganlar hamda qotil noqonuniy ravishda yashagan o‘zlariga biriktirilgan hududni ko‘zdan kechirishda “o‘z vazifalarini tegishlicha bajarmaganlar”. Maktab-internat rahbar shaxslari “o‘z tarbiyalanuvchilarini ijtimoiy muhofaza qilish, ularning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini ta'minlash” ishlarini tashkil etmaganlikda ayblanmoqdalar.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish