Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 15:24 / 02.06.2015
8371
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkentda qon quyish stansiyasiga o‘t ketdi
2 iyun kuni Eski ToshMI hududidagi qon quyish stansiyasining ikki qavatli binosi o‘t oldi.
Xabar berilishicha, yong‘in taxminan soat 14:00da kelib chiqqan. Ayni paytda voqea joyiga o‘t o‘chirish xizmati xodimlari yetib kelgan.

Yong‘in sabablari hali aniqlanmagan. Qurbonlar va zararlanganlar haqida ham ma'lumot yo‘q.

