Jamiyat | 23:58 / 02.06.2015
4830
2 daqiqa o‘qiladi

Tulalik tergovchi Tulada sodir bo‘lgan ommaviy qotillikni tergov qilish uchun O‘zbekistonga xizmat safari uyushtirishi mumkin

Tulaning Kosaya Gora qishlog‘ida sodir etilgan ommaviy qotillikni tergov qilish uchun tulalik tergovchi O‘zbekistonga xizmat safari bilan kelishi ehtimoli mavjud.

O‘zbekiston fuqarosi, 29 yoshli Serajin Sheraliyev besh kishining qotilligini amalga oshirganlikda yagona gumondor shaxs hisoblanmoqda.

Tula viloyati bo‘yicha Rossiya Tergov qo‘mitasi tergov boshqarmasi rahbarining katta yordamchisi Zinaida Kaminskayaning aytishicha, hozirda ushbu ishni tergov qilish davomida O‘zbekiston huquq-tartibot muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasi hal qilinmoqda.

“Ehtimol bizning xodimimiz O‘zbekistonga xizmat safari uyushtirishi mumkin. Har qanday vaziyatda ham biz O‘zbekiston tergov organlari bilan hamkorlik qilamiz. Ayni paytda hibsga olingan shaxs haqida ma'lumotlar aniqlashtirilmoqda”, deb aytdi Kaminskaya.

Hozirda qotillikda gumon qilinayotgan shaxs ikki oyga hibsga olingan. Tergovchilar qotillikka millatlararo adovat sabab bo‘lganini inkor etishmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish