Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 22:12 / 02.06.2015
7504
1 daqiqa o‘qiladi
Yozef Blatter FIFA prezidentligi lavozimidan ketishini e'lon qildi
Yozef Blatter FIFA prezidentligi lavozimini tark etishini e'lon qildi. Blatter bu haqda maxsus konferensiyada ma'lum qilgan.
Ma'lumot uchun, 29 may kuni Yozef Blatter FIFA prezidentligiga qayta saylangan edi.
Avvalroq, prezidentlikka da'vogarlardan biri bo‘lgan portugaliyalik futbolchi Liush Figu Blatterning yangi prezidentlik muddatining ilk kunlaridanoq iste'foga chiqishini istayotganini ma'lum qilgan edi.
Blatter ushbu lavozimda 1998 yildan beri faoliyat yuritgan.