Jahon | 14:02 / 03.06.2015
1631
1 daqiqa o‘qiladi

Air India uchuvchilari va ekipaj a'zolari yoga bilan shug‘ullanadi

Air India aviakompaniyasi ayni paytda ta'lim olayotgan uchuvchilar va ekipaj a'zolariga yoga mashqlarini joriy qildi. Bu haqda Time nashri xabar bermoqda.
“Biz yoga tartib-intizom hissini keltiradi, ishdagi stress holatlaridan osonroq o‘tib ketish imkoniyatini beradi deb o‘ylaymiz”, – dedi kompaniya xodimlaridan biri.
Aytilishicha, ekipaj a'zolari har kuni ertalab 6:30da yoga mashqlariga borishadi.
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi 2014 yildan buyon yogani ommalashtirish borasida ish olib bormoqda. Ilgariroq davlat xizmatchilari uchun bepul yoga mashqlari joriy qilingan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish