Jahon | 08:01 / 03.06.2015
2420
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Davlat departamenti Bashar Asad bilan hamkorlik qilinmasligini ma'lum qildi

AQSh Davlat departamenti vakili Mari Xarf kelajakda Suriya prezidenti Bashar Asad bilan hech qanaqa hamkorlik qilinmasligi haqida bildirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bergan.

"Bu bo‘lishi mumkin bo‘lmagan ishdir. Biz bunday shafqatsiz diktator bilan hatto terrorchi tashkilotlarga qarshi kurashish yo‘lida ham birlasha olmaymiz", deb bayonot beradi Mari Xarf.

Uning qayd etishicha, AQSh "Bashar Asadsiz Suriya"ni ko‘rishni istaydi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish