Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyada 1987 yildan beri rekord darajadagi qor yog‘di
Iyunning birinchi kunlarida Avstraliya oxirgi 40 yil ichida eng sovuq qishni boshidan o‘tkazmoqda.
Havo harorati -9 gradusgacha tushib ketdi, Yangi Janubiy Uelsdagi Perisher va Thredbo kurortlari qalin qor ostida qolib ketdi.

Odatda, Yangi Janubiy Uelsdagi o‘rtacha qishki haroratlar 14–16 gradus sovuq atrofida bo‘ladi.

Sidneyda 6 gradus sovuq qayd qilinib, ushbu mintaqadagi 1987 yildan beri rekord darajadagi sovuq harorat bo‘ldi.
Janubiy yarimsharda joylashgan Avstraliyadagi fasllar Shimoliy yarimshardagi fasllarga qarama-qarshidir. Bu yerda 1 iyun kuni qish faslining boshlanishi hisoblanadi hamda aynan shu kundan tog‘-chang‘i kurortlari mavsumi ochiladi.