O‘zbekiston | 10:16 / 03.06.2015
3182
2 daqiqa o‘qiladi

HeadHunter rekruting xizmati O‘zbekiston bozoriga rasman chiqmoqda

Xodimlar va ish izlashga ixtisoslashgan HeadHunter rekruting xizmati rasman uchta davlat: O‘zbekiston, Gruziya, Qirg‘iziston bozoriga chiqmoqda.

2 iyundan boshlab ushbu davlatlarda xizmatning xodimlar va ish izlash uchun mo‘ljallangan yangi saytlari ishini boshladi. Hozirda bu saytlarda bir necha o‘nlab vakansiyalar haqidagi ma'lumotlar joylashtirilgan, biroq yil oxiriga HeadHunter ish izlovchilarga bir necha yuzlab dolzarb vakansiyalarni taqdim etishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.

HeadHunter hozirda ish beruvchilar uchun O‘zbekistonda 3 mingdan ortiq ish izlovchilarning rezyumesini taklif qilishi mumkin. Kompaniya har oy ushbu bazani ish izlovchilarning yuzlab rezyumelari bilan to‘ldirib borishni rejalashtirmoqda.

Yaqin orada xizmatning mobil versiyasi ham ishga tushiriladi, yil oxirigacha xizmatning har bir davlatning o‘z tilidagi versiyasi chiqarilishi rejalashtirilmoqda. Yangi saytlarning ishini va mijozlar bilan aloqa qilishni xizmatning Qozog‘iston va Ozarboyjondagi vakolatxonalari ta'minlaydi.

Hozirda bu xizmat Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, Belarus va Ozarbayjonda joriy qilingan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish