Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 01:09 / 03.06.2015
5862
1 daqiqa o‘qiladi
Hindiston prezidenti hamda Shvetsiya qirollik oilasi vakillari YTHga uchradi
Hindiston prezidenti Pranab Kumar Mukerji o‘zining Shvetsiya o‘tkazgan safarida YTHga uchradi, deb yozmoqda The Local.
Ma'lum qilinishicha, avtomobilda undan tashqari Shvetsiyaning merosxo‘r malikasi Viktoriya hamda uning turmush o‘rtog‘i bo‘lgan.
Xabar berlishicha, Hindiston prezidenti ham, qirollik oilasi vakillari ham jabrlanmagan. YTHning boshqa 6 nafar ishtirokchisi yengil jarohatlar olgan.
Hozirda YTHga oid boshqa ma'lumotlar berilmagan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish