Jahon | 22:52 / 03.06.2015
2081
1 daqiqa o‘qiladi

Latviya seymi Raymonds Veyonisni mamlakat prezidenti qilib sayladi

Latviya seymi mamlakat mudofaa vaziri Raymonds Veyonisni mamlakat prezidenti qilib sayladi. Bu haqda “TASS” axborot agentligi xabar bermoqda.

Avvalroq Latviya prezident lavozimiga nomzodlar prezidentlik poygasidan chiqib ketganlari va saylovda faqatgina Veyonisning nomzodi qolgani ma'lum qilingandi.

Veyonis uchun seymning 100 nafar deputatidan kamida 51 nafari ovoz berishi kerak bo‘lgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish