Jahon | 20:08 / 03.06.2015
1667
1 daqiqa o‘qiladi

Latviyada prezident lavozimiga bir nomzod kurashmoqda

Latviya prezidenti lavozimiga uch nafar nomzod prezidentlik poygasidan chiqib ketdi va endi prezident lavozimiga faqatgina bir kishi kurashmoqda. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Latviya seymi prezident saylovlarining birinchi bosqichida 5-raundni e'lon qilishga qaror qildi.

Shu tariqa prezidentlik saylovini Latviya Mudofaa vaziri Raymonds Veyonis davom ettiradi. Unga 100 deputatdan 51 nafari ovoz berishi kerak.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish