Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iqtisodiyot | 15:35 / 03.06.2015
1895
1 daqiqa o‘qiladi
LUKOyl Estoniyadagi yoqilg‘i quyish shoxobchalarini sotadi
Rossiyaning LUKOyl kompaniyasi Estoniyadagi yoqilg‘i quyish shoxobchalarini sotishini e'lon qildi. Ta'kidlanishicha, bu aktivlarni optimallashtirish va Boltiqbo‘yida ishlarni jonlantirishga yordam beradi.
LUKOylning Estoniyadagi bo‘linmasi – Lukoil Eesti AS’ga tegishli mamlakatning turli nuqtalaridagi jami 37 AYoQShning 100 foiz aksiyalarini Aqua Marina AS kompaniyasiga sotmoqchi.
Aytilishicha, shartnoma Estoniya monopoliyaga qarshi kurash xizmati tomonidan ma'qullanganidan keyin amalga oshiriladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish