Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik dzyudochilar Budapeshtda bo‘lib o‘tadigan Gran Pri seriyasi musobaqasida ishtirok etadi
Yoz oylari qoida bo‘yicha ko‘pchilik sportchilar uchun musobaqalar o‘tkazilishi borasida kamroq miqdorda mazmundor bo‘ladi, biroq dzyudochilar uchun emas. 13-14 iyun kunlari mamlakatimiz dzyudochilari parallel ravishda ikkita musobaqada reyting ochkolari uchun kurashishlariga to‘g‘ri keladi. Chirchiqda kadetlar va o‘smirlar orasida Uchqun Murodov xotirasiga bag‘ishlangan an'anaviy xalqaro musobaqa, Budapeshtda esa katta yoshli dzyudochilar orasida Gran Pri seriyasi musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Vengriyada tatamida kurashadigan sportchilarimiz nomi e'lon qilindi, ular:
60 kg: Diyorbek O‘rozboyev va Sharofiddin Lutfullayev
66 kg: Dostonjon Xoliqulov va Rishod Sobirov
73 kg: Sharofiddin Boltaboyev va Mirali Sharipov
81 kg: Shaxzod Sobirov va Yaxyo Imomov
90 kg: Kamoliddin Xolmamatov va Sherali Jo‘rayev
100 kg gacha: Ramziddin Saidov
100 kg dan yuqori: Abdulla Tangriyev