Sport | 09:18 / 03.06.2015
4198
1 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko Blatterning iste'fosini haqiqat g‘alabasi deb atadi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko FIFA prezidenti Yozef Blatterning iste'foga chiqishiga o‘zining feysbukdagi sahifasida izoh berib o‘tdi.

Poroshenkoning aytishicha, bu holat haqiqat tantanasi bo‘ldi.

“Dunyo o‘zgardi. FIFAdagi korrupsiyaviy mojarolar oqibatida Blatterning iste'foga chiqishi bu tashkilotda korrupsiya oqibatida qabul qilingan ba'zi qarorlarning bekor qilinishiga umid beradi. Haqiqat doimo g‘alaba qozonadi”, deb aytdi Poroshenko.

Avvalroq ABC News telekanali FQB va AQSh prokuraturasi Yozef Blatterga qarshi tergov o‘tkazayotganini ma'lum qilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish