Sport | 13:46 / 03.06.2015
1579
1 daqiqa o‘qiladi

"Real" "Valensiya"ning Kasilyas bo‘yicha bildirgan taklifini rad etdi

"Valensiya" jamoasi "Real"ga darvozabon Iker Kasilyasni sotib olish bo‘yicha taklif bilan chiqqan. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, valensiyaliklarning asosiy darvozaboni Diyego Alves jarohatlangani uchun uning o‘rniga yangi darvozabon qidirilmoqda.

Biroz oldinroq, "Real" Kasilyasni 14 mln yevro evaziga qo‘yib yuborishi xabar qilingandi.

Biroq oxirgi xabarlarga ko‘ra, jamoa o‘zining ichki chempionatdagi asosiy raqobatchisining taklifiga rad javobini bergan.

Endilikda, "Valensiya" o‘z e'tiborini "Inter" darvozaboni Samir Xandanovichga qaratgani aytilmoqda. Xandanovich ham keyingi mavsumda YeChlda ishtirok etadigan jamoaga qo‘shilishga qarshi emasligini bildirgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish