Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyadagi 700 Qozog‘iston fuqarolari mehmonxonalardan chiqarib yuborilishi mumkin
Travelsystem kompaniyasining 700 nafar qozog‘istonlik fuqarosi Turkiyadagi mehmonxonalardan chiqarib yuborilishi mumkin. Bu haqda Qozog‘iston turistik agentliklari uyushmasi vakili Denis Krivosheyevga tayangan holda Tengrinews.kz resursi xabar bermoqda.
Bundan tashqari, Travelsystem kompaniyasining SCAT aviakompaniyasi bilan hamkorlikda kelib chiqqan muammolar tufayli 80 nafar sayyoh o‘z yurtiga qaytib keta olmasligi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Travelsystem turistik operatori rasmiy sayti orqali o‘z faoliyatini to‘xtatishini e'lon qildi. Endilikda 4-5 iyun kuni Turkiyaga uchadigan reyslar ham qoldirilishi mumkin.
26 may kuni SCAT aviakompaniyasi qarzdorlikning ko‘payib ketayotganini aytib, Travelsystem ustidan sudga arz qilgan edi. U 2015 yil yoz mavsumida turistik operator bilan hamkorlik qilishdan bosh tortdi.
Bu voqealardan so‘ng turistik operator faoliyatini to‘xtatdi. O‘z navbatida, Turkiyada dam olayotgan sayyohlar bu tufayli zaruriy xizmatlarsiz qolib ketishi mumkin.