Sport | 14:35 / 04.06.2015
2449
1 daqiqa o‘qiladi

Alisher Usmonov xalqaro olimpiya telekanalini tashkil etadi

Rossiyalik tijoratchi, “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘i egalaridan biri Alisher Usmonov xalqaro olimpiya telekanalini yaratadi. Jourdom.Ru nashrining xabar berishicha, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi unga bu ishni ishonib topshirgan.
“Men Xalqaro olimpiya qo‘mitasiga bu ishonch uchun minnatdorchilik bildiraman. Olimpiya sport turlarini jiddiy va professional yoritib borish jahon bo‘yicha sportning rivojiga munosib hissa bo‘lib qo‘shilishiga ishonaman”, – deb sharhlab o‘tdi yangilikni tijoratchining o‘zi.
Eslatib o‘tamiz, Alisher Usmonov “Muz-TV”, “Yu” telekanallarining egasi, shuningdek, Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi rahbari hisoblanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish