Sport | 16:13 / 04.06.2015
1607
1 daqiqa o‘qiladi

FIFA reytingida O‘zbekiston ikki pog‘ona pastladi

FIFA terma jamoalarning yangi reytingini e'lon qildi.

May oyi uchun e'lon qilingan reytingga ko‘ra O‘zbekiston ikki pog‘ona pastladi va 74-o‘rindan joy oldi.

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi a'zolari bo‘lgan terma jamoalar orasida esa O‘zbekiston oltinchi o‘rinni egallab turibdi. Osiyo mamlakatlari orasida eng yaxshi ko‘rsatkich Eronga tegishli. Ular reytingning 41-o‘rinidan joy olgan. Undan so‘ng Yaponiya (52), Janubiy Koreya (58), Avstraliya (63) va BAA (73) joy olgan.

Jahon reytingini hamon Germaniya boshqarib turibdi. Ikkinchi o‘rinda Belgiya, uchinchi o‘rinda esa Argentina joylashgan.

To‘liq reyting bilan FIFA rasmiy saytida tanishish mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish