Iqtisodiyot | 16:35 / 04.06.2015
1573
1 daqiqa o‘qiladi

Gretsiya Yevrokomissiyadan 2020 yilga qadar 35 mlrd yevro olishi mumkin

Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker 2020 yilga qadar Gretsiyaga 35 mlrd yevro miqdoridagi moliyaviy yordam ko‘rsatilishi mumkinligini aytdi.
“Gretsiyaga katta miqdorda yordam ko‘rsatiladi. Ammo buning uchun ular bu mablag‘ni o‘zlashtirishga yordam beradigan dasturlarni hayotga tatbiq etishi kerak”, – uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti agentligi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish