Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
LUKOyl O‘zbekistonda gaz qazib chiqarishni 4 barobar ko‘paytiradi
Rossiyaning LUKOyl neft kompaniyasi 2018 yilga qadar O‘zbekiston hududida gaz qazib olish hajmini 4 barobarga ko‘paytiradi. Ta'kidlanishicha, Qandim konining ishga tushirilishi tufayli qazib olinayotgan resurs hajmini 16 mlrd kubometrga yetkazish rejalashtirilmoqda.
“Bugungi kunda O‘zbekiston hududidan kompaniya 4 mlrd kubometrdan ortiq gaz qazib olmoqda, – dedi kompaniya rahbari Vohid Alekperov “Rossiya 24” telekanaliga bergan intervyusida. – 2018 yili bu ko‘rsatkich 16 mlrd kubometrni tashkil qiladi. Biz o‘zimiz qazib olgan resurslarni “O‘zbekneftgaz”ga sotamiz, ular esa, o‘z navbatida, gazning asosiy hajmini Xitoyga sotadi. Qandim bugungi kunda O‘zbekiston hududida ma'lum eng yirik konlardan biridir. Uni biz 2018 yilgacha ishga tushiramiz. Undan boshqa, boshqa kichikroq konlar ham mavjud”.