Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rod-Aylendning sobiq gubernatori AQSh prezidentligi uchun saylovda qatnashadi
AQShning Rod-Aylend shtati sobiq gubernatori Linkoln Cheffi 2016 yilgi prezidentlik saylovida ishtirok etishini ma'lum qildi. Bu haqda The Washington Post xabar berdi.
"Men Demokratlar partiyasidan AQSh prezidentligi uchun saylovda o‘z nomzodimni qo‘yaman", dedi Cheffi Shimoliy Virjiniyadagi chiqishida.
Uning saylovoldi dasturida har qanday urush harakatlarini inkor qilish g‘oyasi bo‘lishi kutilmoqda.
"Keling, tinch va farovon Amerikani yaratamiz", deydi Cheffi.
U shuningdek, o‘lim jazosiga qarshiligini va Venesuela bilan birlashishni xohlashini bildirgan.
ma'lumot uchun, hozirga qadar respublikachilardan senatorlar Ted Kruz, Rend Pol, Marko Rubio, Arkanzas shtati sobiq gubernatori Mayk Xakabi, neyroxirurg Ben Karson, Nyu-York shtati sobiq gubernatori Jorj Pataki, Pensilvaniya shtatidan sobiq senator Rik Santorum va Hewlett-Packard kompaniyasi sobiq rahbari Karli Fiorina prezidentlik saylovida ishtirok etishini bildirgan.
Demokratlardan sobiq Davlat kotibi Hillari Klinton, Vermont shtatidan mustaqil senator Vermont Bernard Sanders mamlakat rahbarligi uchun saylovda ishtirok etishini e'lon qilgan.