Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik yengil atletikachi Svetlana Radzivil Osiyo chempioni bo‘ldi
Xitoyning Ushan shahrida yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatining birinchi kunidayoq O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga dastlabki oltin medal yozildi.
Balandlikka sakrash bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan musobaqada eng yuqori (1 m. 91 sm.) natijani qayd etgan Svetlana Radzivil medallari kolleksiyasiga Osiyo chempionatining navbatdagi oltin medalini qo‘shib qo‘ydi.
Birinchi kungi bahslarda, shuningdek, yettikurash bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada Yekaterina Voronina yadro uloqtirishda 12 m. 84 sm. natija bilan ikkinchi ko‘rsatkichni qayd etdi. Yekaterina 200 m. masofaga yugurishda 25,66 soniya natija bilan oltinchi bo‘lib marra chizig‘ini kesib o‘tdi. Ayni paytda Yekaterina Voronina yettikurashning to‘rtta turida ishtirok etib 3302 ochko jamg‘argan xolda ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Uzunlikka sakrash musobaqasida Darya Reznichenko 6 m. 02 sm. natija bilan to‘qqizinchi, Anastasiya Juravleva esa 5 m. 92 sm. ko‘rsatkich bilan 12-o‘rinni band etdi.
Sergey Dementev yadro uloqtirish musobaqasida 17 m. 47 sm. natija bilan 8-o‘rinni egalladi.
Bosqon uloqtirish musobaqasida ishtirok etgan yana bir o‘zbekistonlik sportchi Anastasiya Aslanidu 50 m. 64 sm. ko‘rsatkich bilan 6-o‘rinni band etdi.