Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UYeFA vitse-prezidenti: korrupsiya holati aniqlasa, Rossiyadan jahon chempionati olib qo‘yilishi mumkin
UYeFA vitse-prezidenti, Ukraina futbol federatsiyasining sobiq rahbari Grigoriy Surkis FIFAdagi korrupsiya bo‘yicha tergov doirasida Rossiya va Qatar futbol bo‘yicha jahon chempionatini qabul qilishni halol yo‘l bilan olmagan bo‘lsa, 2018 va 2022 yillardagi jahon chempionatlarini o‘tkazish huquqidan mahrum etilishlari mumkinligini aytmoqda.
“Bugungi kunda AQSh va Shveytsariya huquq-tartibot muassasalari tomonidan olib borilayotan tergov doirasida musobaqalarni o‘tkazish huquqi halol yo‘l bilan olinmagani isbotlansa, unda hamma narsa bo‘lishi mumkin”, deb aytmoqda Surkis.
AQSh Federal qidiruvlar byurosi FIFA nima uchun 2018 yilgi jahon chempionatini o‘tkazishni Rossiyaga, 2022 yilgi jahon chempionatini esa Qatarga ishonib topshirganini tekshirib ko‘rmoqchi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiyaning jahon chempionatidan mahrum etilishi ehtimoli mavjudligiga izoh bera turib, “Rossiya jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rishni davom ettirmoqda”, deb aytib o‘tdi.