Jahon | 09:33 / 04.06.2015
1976
1 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada Rossiyaning harbiy strukturalari haqidagi filmlar man qilindi

Ukrainada Rossiyaning harbiy strukturalarini targ‘ib qiluvchi filmlarni taqiqlash to‘g‘risidagi qonun kuchga kirdi, deb xabar beradi RIA Novosti agentligi.

Ukraina madaniyat vaziri, gumanitar masalalar bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosari Vyacheslav Kirilenko qonun 1991 yildan keyin ekranlarga chiqqan “militaristik” filmlarga oid ekanligini tushuntirib o‘tdi. Kino masalalari bo‘yicha davlat agentligi bunday materiallarga, shuningdek, 2014 yildan keyin chiqarilgan Rossiya tele- va kinomahsulotlar namoyishiga ruxsatnoma bermaydi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish