Jahon | 09:30 / 04.06.2015
5693
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy va Hindiston Rossiyadan paradda ko‘rsatilgan harbiy texnikani sotib olmoqchi

Xitoy, Hindiston va bir qator boshqa davlatlar Ikkinchi Jahon urushidagi g‘alabaning 70 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan paradda namoyish etilgan harbiy texnika birliklaridan xarid qilishga qiziqish bildirmoqda. Buni Rossiya prezidentining harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha yordamchisi Vladimir Kojin “Izvestiya” gazetasiga bergan intevyusida bayon qildi.

“Qiziqish bildirildi. Texnika yangi, u qimmat turadi. Bular asosan bizning an'anaviy hamkorlarimiz: Xitoy, Hindiston, Janubi-Sharqiy Osiyo”, – uning so‘zlarini keltiradi nashr.

Ta'kidlanishicha, gap birinchi navbatda “Armata” tanki haqida ketmoqda.

Shuningdek, Kojin yangi harbiy texnika bilan birinchi navbatda Rossiyaning o‘z armiyasi ta'minlanishi, undan keyin esa boshqa davlatlarga yetkazilishini ma'lum qildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish