Jamiyat | 12:06 / 05.06.2015
2684
2 daqiqa o‘qiladi

5 iyunda Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni nishonlanadi

Har yili an'anaviy ravishda 5 iyunda Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni nishonlanadi. Bu kun BMT uchun dunyo hamjamiyati e'tiborini atrof-muhit muammolariga jalb qilish, atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan siyosiy qiziqish va tegishli harakatlarni keltirib chiqarishning asosiy asosiy usullaridan biri hisoblanadi.

Ushbu kun 1972 yil iyunida Atrof-muhit muammolari bo‘yicha Stokgolm anjumanida qabul qilingan rezolyutsiyaga muvofiq tashkil etilgan. Bu kunni nishonlashdan maqsad har bir insonda atrof-muhitni muhofaza qilishga o‘z hissasini qo‘shish istagini uyg‘otishdan iborat.

Boshqa so‘z bilan aytganda, dunyo xalqlariga barqaror va haqqoniy rivojlanishga faol qo‘mak berishga imkoniyat berish, tabiatni muhofaza qilish masalalariga yondoshuvlarni o‘zgartirishda asosiy harakatlantiruvchi kuchlardan biri bizning o‘zimiz, jamiyatimiz ekanligini tushunishga yordam berish zarur hamda barcha davlat va xalqlarda xavfsiz va farovon kelajak bo‘lishini ta'minlash uchun hamkorlik aloqalarining foydaliligini tushuntirishdan iborat.

Bu kunda rang-barang tomoshalar, ko‘cha namoyishlari, velosipedchilar paradlari, “yashil konsertlar”, maktablarda atrof-muhitni saqlashga bag‘ishlangan insho va plakatlar tanlovi o‘tkaziladi, daraxtlar ekish, chiqindilarni qayta ishlash kampaniyalari va hududlarni tozalash ishlari tashkil etiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish