O‘zbekiston | 11:53 / 05.06.2015
2390
1 daqiqa o‘qiladi

7 iyun kuni O‘zbekistonga IHT bosh kotibi keladi

2015 yilning 7 iyun kuni Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) Bosh kotibi Iyad Amin Madani O‘zbekistonga tashrif buyuradi.

Uch kunlik tashrif dasturidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirliklarida, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish hamda Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylari bilan tanishish o‘rin olgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish