Jahon | 07:01 / 05.06.2015
4711
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Yevropa Ittifoqi bilan Rossiyaga bosim o‘tkazish haqida muzokara o‘tkazadi

AQSh Yevropa Ittifoqi bilan Rossiyaga yangi sanksiyalar va bosim o‘tkazishni muhokama qiladi. Bu haqda AQSh Milliy xavfsizligi kengashining Yevropa masalalari bo‘yicha katta direktori Charlz Kupchanga asoslanib TASS axborot agentligi xabar bermoqda.

“AQSh prezidenti YeI yetakchilari bilan iyun oy oxirida o‘tkaziladigan muzokaralar paytida Yevropa tomonidan Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish masalasini muhokama qiladi. Uchrashuvlarda AQSh va Yevropa Moskvaga o‘tkazadigan bosim haqida gapiriladi”, deb ta'kidlab o‘tdi Kupchan.

U tomonlar Minsk kelishuvlarining buzilishi holatlarini ham muhokama qilishini qo‘shima qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish