Jahon | 12:05 / 05.06.2015
3961
2 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyada mushaklarini namoyish qiluvchi kenguru yashaydi

Avstraliyaning “The Kangaroo Sanctuary Alice Springs” qo‘riqxonasida Rojyer laqabli 9 yoshli antiqa qizil kenguru yashaydi.

Qo‘riqxona boshqaruvchisi Kris Barnsning aytishicha, Rojyer har kuni qo‘l jangi bo‘yicha kurashishga o‘rgatiladi va o‘z raqibiga jiddiy jarohatlar yetkazishi mumkin.

U kikboksing bo‘yicha sparringlar paytida o‘zining mushaklarini namoyish qilishi tufayli mahalliy aholi orasida mashhur bo‘lib ketgan.

“Rojyerning har kungi rejimi – bu kikboksing bo‘yicha sparring o‘tkazish va meni ta'qib qilishdan iborat”, deb aytmoqda Barns.

Bu antiqa “sportchi”ning og‘irligi 89 kg, bo‘yi 2,07 metrni tashkil qiladi. U Avstraliyaning sharqiy sohili bo‘ylab sayr qilganda yo‘lida uchragan itlar va golf bilan shug‘ullanuvchilarni o‘zining vajohati bilan cho‘chitib yuboradi, zerikanida esa metalldan ishlangan chelaklarni pachoqlashni yaxshi ko‘radi.

Barns Rojyerni 9 yil avval shosse chetida halok bo‘lgan onasi yonidan topib olgan. Shundan beri Barns Rojyer uchun ota-onasi o‘rnini bosib kelmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish