Jahon | 12:16 / 05.06.2015
1236
1 daqiqa o‘qiladi

Belgradda Qozog‘istonning rasmiy vakolatxonasi ochildi

Serbiyada Qozog‘istonning rasmiy vakolatxonasi ochildi. Bu haqda TIV xabarnomasiga tayangan holda Tengrinews.kz resursi xabar bermoqda.
Qozog‘istonning Serbiyadagi faxriy konsuli etib Milanka Karich tayinlandi.
Vakolatxonaning tantanali ochilish marosimida Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksey Volkov ishtirok etdi. Ayni kunlarda u Serbiyada rasmiy safar uyushtirgan. Safar chog‘ida u mamlakat prezidenti Tomislav Nikolich va boshqa oliy martabali shaxslar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish