Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 20:44 / 05.06.2015
1630
1 daqiqa o‘qiladi
Dik Advokat "Sanderlend"da transferlar uchun 50 mln funt oladi
"Sanderlend" rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Dik Advokatga yozgi transferlar vaqtida 50 mln funt ajratilishi haqda ma'lum qildi. Bu haqda Mirror nashri xabar bergan.
Biroz oldinroq, gollandiyalik ushbu mutaxassis "qora mushuklar" jamoasini tark etishini aytgandi. Lekin, 9 kun o‘tib, 4 iyun kuni u bilan yangi shartnoma tuzilgan va Advokat yana bir yil davomida "Sanderlend" boshqaruvida qoladigan bo‘lgan.
Advokat 2014-2015 yilgi mavsumning ikkinchi qismida Angliyaga kelgan va "Sanderlend"ni APLda olib qolishni uddalagan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish