Jahon | 22:48 / 05.06.2015
2522
1 daqiqa o‘qiladi

Domodedovo aeroportida oshqozonida bir kilogramm kokain bo‘lgan Ekvador fuqarosi qo‘lga olindi

Moskvaning Domodedovo aeroportida oshqozonida 800 gr.dan ko‘proq kokain olib o‘tmoqchi bo‘lgan Ekvador fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda Rossiya Federal bojxona xizmati rasmiy saytida ma'lum qilindi.

“Rentgenoskopik tekshiruv erkakning qorin bo‘shlig‘ida yot jismlarning borligini ko‘rsatdi. Statsionarda maxsus tibbiy muolaja o‘tkazilgandan keyin erkakning oshqozon-ichak yo‘lidan qo‘lbola uslubda yaratilgan 21 ta konteynerda umumiy og‘irligi 818,8 gr keladigan suyuq modda olindi”, deyilmoqda xabarda.

Ushbu holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining “Giyohvand vositalar, psixotrop moddalar, ularning prekursor va muqobillari kontrabandasi” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq, Meksikada bir kishi ikkita it oshqozonida kokain olib o‘tmoqchi bo‘lganda qo‘lga olingan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish