Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dronlar xitoylik talabalarning imtihon vaqtidagi harakatlarini nazorat qiladi
Xitoyda Oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari vaqtida dronlardan foydalaniladi. Bu haqda engadget.com portali xabar bermoqda.
Keyingi o‘quv yili arafasidagi kirish imtihonlari vaqtida abituriyentlarning qing‘ir usullardan foydalanmasligini ta'minlash maqsadida shunday yo‘l tutishga qaror qilingan. Natijada, talabalar o‘zgalarning ko‘magisiz haqqoniy tarzda imtihon topshiradi.
Tepadan turib vaziyatni kuzatib turadigan moslamalar har qanday shubhali harakatni qayd etadi. Bunday dronlar uzluksiz ravishda tepada uchib yurishadi va imtihon topshiruvchilar biron daqiqa ham nazoratsiz qolishmaydi.
Qoidabuzarlikni aniqlagan dronlar bu haqda darhol signal orqali ma'lum qiladi va qoidabuzar o‘sha vaqtning o‘zida imtihondan chetlatiladi.