Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iyunda Obamalar oilasi Britaniya va Italiyada bo‘ladi
AQSh prezidenti Barak Obamaning oilasi vakillari – rafiqasi Mishel qizlari Maliya va Sasha bilan birgalikda iyun oyida Buyuk Britaniya va Italiyaga safar uyushtirishadi. Bu haqda Oq Uy matbuot xizmati xabar berdi.
Aytilishicha, bir hafta davom etadigan sayohat davomida ular London, Milan, Vichentsa va Venetsiyada bo‘lishadi. Londonda Mishel Obama qizlar ta'limi masalalarida chiqish qiladi, Milanda esa EKSPO-2015dagi AQSh delegatsiyasiga rahbarlik qiladi. Vichentsada u amerikalik harbiylar bilan uchrashadi, Milanga esa tarixiy obidalarni tomosha qilish uchun boriladi.