Jahon | 16:23 / 05.06.2015
2440
2 daqiqa o‘qiladi

MDU Turkiyada hibsga olingan talabani o‘qishdan chetlashtirmoqchi

Moskva davlat universiteti falsafa fakulteti rahbariyati Turkiya-Suriya chegarasini kesib o‘tish chog‘ida qo‘lga olingan 2-kurs talabasi Varvara Karaulovani o‘qishdan chetlashtirishi mumkin. Bu haqda fakultet dekani Vladimir Mironov Interfaks agentligiga ma'lumot berdi.

“Uni bo‘shatish masalasi ko‘rib chiqiladi, negaki u sessiyada ishtirok etmayapti. U hech kimni ogohlantirmasdan ketib qoldi. Bu talabalar kengashida muhokama qilindi”, – ta'kidlab o‘tdi dekan.
Shuningdek, u bu kabi holatlarga ilgari ham guvoh bo‘lganini qo‘shimcha qilib o‘tdi: “Men 11 yil dekan muovini bo‘ldim, 18 yildan buyon dekanman. 29 yil ichida bunday holatlar bo‘lgan. Talabalar ba'zan ayrim dinlarga qiziqib qoladilar, ular xoh yangi, xoh eski dinlar bo‘lsin”.

5 iyun kuni Rossiya ichki ishlar vazirligi Karaulova Interpol yordamida Turkiya chegarasida qo‘lga olinganini ma'lum qilgan edi. Qiz Suriyaga o‘tib, "IShID" tarkibiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan. Ayni paytda u Turkiya milliy migratsiya agentligida saqlab turilibdi.

Interpol uni 2 iyundan qidira boshladi. Uning qayerda ekanligini aniqlashda AQSh, Turkiya, Rossiya, Buyuk Britaniya va Ispaniya vakillari ishtirok etdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish