Jahon | 08:52 / 05.06.2015
1593
1 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyada portlashlar oqibatida o‘nlab odamlar halok bo‘ldi

4 iyun kuni Nigeriyada ikkita portlash sodir bo‘ldi.

Birinchi portlashni o‘tinlar ortilgan yuk mashinasida o‘tirgan terrorchi-xudkush amalga oshirdi. U yuk mashinasini Mayduguri shahrida joylashgan harbiy shaharcha nazorat-o‘tkazish punktiga kelib urgan. Oqibatda 8 nafar harbiy halok bo‘lgan.

Keyinroq Nigeriyaning sharqida joylashgan Yola shahridagi bozorlardan birining kiraverishida yana bitta portlovchi qurilma harakatga keltirilgan. Portlovchi qurilma mahalliy aholi shom namozini ado etish uchun uylariga qaytayotganlarida, odam ko‘p bo‘lgan paytda portlatilgan. Qurbonlar soni aniqlashtirilmoqda.

Hozircha mamlakatdagi hech qaysi bir terrorchilik tashkiloti bu hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish