O‘zbekiston | 11:15 / 05.06.2015
7826
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda maktablar xavfsizligi kuchaytiriladi

"IShID" targ‘ibot varaqalarining tarqatilishi bilan bog‘liq faktlar natijasida O‘zbekiston militsiyasi va professional xavfsizlik kompaniyalari maktablarning himoyasi va nazoratini kuchaytirish borasida choralar ko‘rmoqda. Gap birinchi navbatda signalizatsiya tizimlarini o‘rnatish haqida ketmoqda.

30 aprel kuni Parkentdagi Hisorak qishlog‘ida militsiya tomonidan IShID targ‘ibotida ayblanayotgan voyaga yetmagan shaxs qo‘lga olindi. Mamlakat ichki ishlar vazirligi varaqa tarqatgan o‘smirning hibsga olinganini tasdiqladi.

May oyida bu kabi holat Yangiyo‘lda takrorlandi. Buxorodagi maktablardan biriga "IShID"ning qora bayrog‘i o‘rnatib ketildi.

Hozirgi paytgacha O‘zbekistonda bevosita maktablar xavfsizligiga qaratilgan me'yoriy-huquqiy akt yo‘q. Ammo yaqinda bu boradagi qonunchilik bazasi yaratilishi aytilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish