Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peskov "yigirmalik" sammiti G7 va G8 sammitlaridan ko‘ra samaradorligini ta'kidladi
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov oxirgi yillarda G7 va G8 formatidagi sammitlar xalqaro muammolarni hal qilishda samaradorligini yo‘qotib borayotgani haqda gapirib o‘tdi.
"Balandparvoz gaplar bilan biron muammo hal bo‘lib qolmaydi, ishchan bo‘lish kerak. "Katta yettilik" yoki "katta sakkizlik" xalqaro muammolarni hal qilishda o‘z samaradorligini yo‘qotib borayotganini tan olishimiz kerak. Muammolarni muhokama qilish va hal etish uchun boshqa samaraliroq formatlarda ishlash kerak", deydi Peskov "Katta yigirmatalik"ka ishora qilib.
"Rossiya BRIKS va ShHT kabi tashkilotlarda raislik qilmoqda va bu tashkilotlardagi hamkorlari bilan istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda davom etmoqda. Biz ayni vaqtda UFAda bu ikki tashkilotning navbatdagi sammitini o‘tkazish uchun qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz", deydi Peskov.