Jahon | 15:06 / 05.06.2015
1674
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda birinchi quyosh elektr stansiyasi ishga tushiriladi

Joriy yilning iyun oyida Qozog‘istonda birinchi quyosh elektr stansiyasi ishga tushiriladi. Bu haqda bosh vazirning rasmiy sayti orqali xabar tarqatildi.
Loyihani moliyalashtirish borasidagi hujjatlarni imzolash marosimida “Samruq-Qazina” milliy farovonlik jamg‘armasi boshqaruvi raisi Umurzoq Shukeyev loyihaning amalga oshirilishi eng qisqa muddatlarda mamlakatdagi elektr energiyasi defitsitini qoplashga yordam berishini ta'kidlab o‘tdi.
Jambul viloyatida 50 MVt quvvatga ega “Burnoye” quyosh elektr stansiyasining qurilishiga Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki kredit mablag‘lari ajratdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish