Sport | 10:04 / 05.06.2015
1509
1 daqiqa o‘qiladi

Radamel Falkao Angliyada qolishni istayapti

2014-2015 yilgi mavsumni “MYu” tarkibida ijara asosida o‘tkazgan, transfer huquqi “Monako”ga tegishli bo‘lgan kolumbiyalik hujumchi Radamel Falkao Angliya chempionatida qolishni istayotganini aytib o‘tdi.

“Kelajagim borasida juda ko‘p gap-so‘zlar bo‘lmoqda. Ammo men xotirjamlikni saqlab qolishni istayman. Angliya chempionatida qolmoqchiman. Yangi klubim borasida esa yaqin haftalar ichida bir to‘xtamga kelaman”, - deydi Falkao.

Avvalroq, “Monako” Falkaoning ijarasi uchun “Chelsi”dan 5 million funt talab qilayotgani xabar qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish