Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Real" Verrattining transferi haqidagi mish-mishlarni rad etdi
"Real" italiyalik yarim himoyachi Marko Verrattining transferi bo‘yicha "PSJ" bilan muzokara o‘tkazayotgani haqidagi ma'lumotga rasman munosabat bildirdi.
"Turli OAVda "Real"ning Marko Verrattiga qiziqish bildirayotgani haqida mish-mishlar yozilmoqda.
Klub shuni rasman ma'lum qiladiki, biz "PSJ" yoki futbolchining agenti bilan aloqaga chiqmadik. Bu gap-so‘zlar haqiqatga umuman to‘g‘ri kelmaydi", - deyiladi "Real" klubi bayonotida.
Avvalroq madridliklarning Verrattiga 7 million yevro maosh taklif qilgani va transfer qiymati 50 million yevroni tashkil etishi xabar qilingandi.