Jahon | 21:06 / 05.06.2015
3135
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada yuzga yaqin axloq tuzatish koloniyalari yopiladi

Rossiyada inson huquqlari bo‘yicha komissar Ella Pamfilova mamlakat hududida 100tadan ortiq axloq tuzatish koloniyalarining yopilishi haqda ma'lum qildi.

"Ayni vaqtda Adliya vazirligi Jazoni ijro etish federal xizmati bilan hamkorlikda tizimda moliyaviy islohot o‘tkazish davomida 34ta axloq tuzatish koloniyalarini butunlay yopish va yana o‘nlab shunday muassasalarni qayta tashkil etish haqida qaror qabul qildi", deb ma'lum qiladi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, "bu bir tomondan quvonarli hol, lekin ikkinchi tomondan yopiladigan koloniyalarning xodimlari ishsiz qolishadi".

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish