Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda eksport bilan shug‘ullanuvchi kompaniyadagi qallobliklar fosh etildi
Toshkentdagi Mega Impex Business MChJ faoliyatida noqonuniy ishlar amalga oshirilgani fosh etildi. Voqea tafsilotlari “Huquq” nashrida keltirilgan.
Ma'lum bo‘lishicha, kompaniya mas'ullari Xalq bankining Mirzo Ulug‘bek filialiga eksportga jo‘natilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga go‘yoki Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro bilan 2014 yili tuzilgan yer ijara shartnomasiga asosan jamiyat tomonidan yetishtirilganligi to‘g‘risida soxta ma'lumotlar taqdim etgan.
Aslida ular qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportidan tushgan 1 mln 513 ming dollardan ellik foiz majburiy sotuvni amalga oshirmasdan, mablag‘ni Buyuk Britaniyaning Sport Ventures L.P. va Hilsone Management L.P. kompaniyalariga o‘tkazib, 756 ming dollar miqdoridagi chet el valyutasini yashirgan.
Bosh prokuratura huzuridagi SVOJJDLQK departamentining Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan jamiyatda o‘tkazilgan tekshiruv natijasida bu xatti-harakatlar fosh etildi. Aniqlangan holatlar yuzasidan MChJ mansabdorlariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, ular sud hukmi bilan jazoga tortildi.