Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyadagi supermarketlardan birida dunyodagi eng zaharli o‘rgimchak borligi aniqlandi
Markaziy Angliyada joylashgan Naniton shahridagi Aldi supermarketi unga tashrif buyurgan oila do‘konda sotilayotgan bananlar orasidan dunyodagi eng zaharli o‘rgimchak – Braziliya sayyor o‘rgimchagining tuxumini ko‘rib qolganlaridan keyin yopib qo‘yildi. Bu haqda CBS News telekanali xabar bermoqda.
O‘rgimchak tuxumini ko‘rib qolgan oila bu haqda politsiyaga xabar bergan. Politsiya do‘konni yopib qo‘ydi va bu tuxumlarni qo‘ygan o‘rgimchaklarni qidirishga kirishdi.
Braziliya sayyor o‘rgimchagi Ginnes rekordlar kitobiga dunyodagi eng zaharli o‘rgimchak sifatida kiritilgan, uning 0,006 mg zahari sichqonni o‘ldirishga qodir hisoblanadi.