Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada Gitlerning vino saqlanadigan maxfiy yerto‘lasi topildi
Silvio Shteltser ismlik restoranchi Germaniyaning Moritsburg qo‘rg‘onida Adolf Gitlerga tegishli bo‘lgan, vino va konyak ichimliklari saqlangan yerto‘lani topib oldi. Bu haqda Bild nashri xabar bergan.
"Oltita xonadan iborat ushbu ulkan yerto‘lada konyak va shampan vinolarining ko‘p miqdordagi zaxirasi saqlangan", deydi restoranchi.
Bu mahsulotlar yerto‘laga 1944 yilda Berlinning bombardimon qilinishi xavfi ostida olib kelingani aytilmoqda.
Qayd etish joizki, Gitler spirtli ichimliklar iste'mol qilmagan, bu ichimliklar uning mehmonlari uchun mo‘ljallangan bo‘lgan.