Sport | 12:07 / 06.06.2015
1695
2 daqiqa o‘qiladi

JCh U20 turnirining "D" guruhida Serbiya yoshlari birinchi o‘rinni egalladi

Yoshlar o‘rtasida jahon chempionatining "D" guruhida guruh bosqichi o‘yinlari nihoyasiga yetdi. So‘nggi turda Mali va Urugvay uchrashuvida 1:1 hisobida durang qayt etildi.

So‘nggi tur oldidan bu ikki jamoa hisobidan 3tadan ochko mavjud edi, durangdan so‘ng bu jamoalar 4tadan ochkoga ega bo‘lishdi. Ammo reglamentga ko‘ra, afrikaliklar ikkinchi o‘rini egallab keyingi bosqichga chiqdi, urugvayliklar musobaqada 4 ochko bilan uchinchi o‘rinni olgan uchinchi jamoaga aylandi. Bu terma jamoa keyingi guruhlarda o‘ziga kerakli natijalar qayd etilishi evaziga uchinchi o‘rin bilan ham keyingi bosqichga chiqishi mumkin.

Mali - Urugvay 1:1

Gollar: Adama Traore (43) - Franko Akosta(16).

 

Serbiya va Meksika o‘rtasidagi uchrashuv oldidan ham jamoalar hisobida uchtadan ochko bor edi. Ammo serbiyalik yoshlarning 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabasi gurhda birinchi o‘rinni egallashini ta'minladi.

Serbiya - Meksika 2:0

Gol: Nemanya Maksimovich (2), Andriya Zivkovich (43).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish